Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joshua yana g‘alaba qozondi. Navbatdagi jang Uaylder yoki Povetkinga qarshi bo‘lishi mumkin
1 aprelga o‘tar kechasi Uels markazi Kardiff shahridagi Principality Stadium arenasida WBA Super, IBO va IBF kamarlarini birlashtiruvchi jang o‘tkazildi. Unda ushbu kamarlar sohibi Entoni Joshua WBO kamari egasi, yangi zelandiyalik Jozef Parker (24-0, 18 KO) bilan mushtlashdi.
12 raundlik jang yakunida hakamlar g‘alabani britaniyalik bokschiga berishdi 119:109, 118:110, 118:110.
Endilikda 21 jangda 21 g‘alaba qayd etgan (20tasi nokaut bilan) Joshua olmagan bir kamar - WBC (Butunjahon boks kengashi) kamari qolmoqda, ayni vaqtda ushbu kamar amerikalik Deontey Uaylderga tegishli.

Shu bilan birga boksga qaytgan rossiyalik Aleksandr Povetkin WBA Super yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi unvoni uchun Joshuaga majburiy da'vogar hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025