Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida o‘limga olib kelgan o‘zaro janjal yuz berdi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘zaro janjal oqibatida bir kishi vafot etdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 30 mart kuni soat 22.00larda Namangan shahri Sumalak ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan I.U. “Yunusobod” dehqon bozor hududida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1970 yilda tug‘ilgan A.M.ning yuz qismiga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olgan.
Natijada A.M. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. I.U. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
09:52 / 07.02.2025
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi
22:29 / 17.01.2025
Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
11:30 / 01.11.2024