Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pak Kin Xega hukm to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirda o‘qib eshittiriladi
Koreya Respublikasi sobiq prezidenti Pak Kin Xega ayblovning 20ta bandi bo‘yicha sud qarori 6 aprel kuni jonli efirda o‘qib eshittiriladi. Bu haqda Seul Markaziy sudi vakili xabar bergan.
"Tegishli qaror uch sudyadan iborat kollegiya tomonidan qabul qilindi. Ular Pak Kin Xe ishini ko‘rib chiqmoqda", - deya ta'kidlanadi xabarda. Bu Janubiy Koreya tarixidagi ilk shunday holatga aylanadi, deya qayd etilgan hujjatda.
Translyatsiya haqidagi qaror ushbu ishga juda katta qiziqish bilan bog‘liq, deyiladi xabarda. Avvalroq KBS telekanali Pak Kin Xening o‘zi hukm o‘qib eshittiriladigan vaqt sud zalida bo‘lmasligi, shu tariqa ayblovlardan norozi ekanini bildirishi haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seul Markaziy okrugi sudi Janubiy Koreya bosh prokuraturasi talabiga binoan 22 mart kuni mamlakat sobiq prezidenti 76 yoshli Li Myong Bakni hibsga olish to‘g‘risida order bergandi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025