Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uzbek Tigers» keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. O‘zbekistonliklar guruhda peshqadam
Butunjahon boks seriyalari (WSB) musobaqasida ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi kecha Termizda «Caciques Venezuela» jamoasi S1 va S2 jamoalari ustidan g‘alaba qozondi.
S1 guruhi ishtirokidagi janglarda «Uzbek Tigers» 5:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, S2 bokschilari ishtirokidagi to‘qnashuvlar o‘zbekistonliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Natijada, Venesuela jamoasi ushbu turnirni tark etgan bo‘lsa, «Uzbek Tigers» jamoasi muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur g‘alabalardan so‘ng o‘zbek jamoasi ochkolar sonini 13taga yetkazib, «A» guruhida yetakchiga aylanib oldi. «Cuba Domadores» 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Colombia Heroicos» hisobida 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda.
Bu ikki jamoa 13 aprel kuni guruhdagi 6-tur uchrashuvini o‘tkazishadi va shu bilan guruh bahslari yakunlanadi hamda yakuniy jadval yuzaga keladi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025