Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR va Janubiy Koreya rahbarlarining tarixiy uchrashuvi jonli efirda uzatiladi
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen Inlarning 27 aprelga mo‘ljallangan uchrashuvi internet orqali jonli efirda uzatiladi. Bu haqida 16 aprel kuni Janubiy Koreya prezidentining matbuot kotibi Yun Yon Chan xabar berdi.
"Hukumat tarixiy sammitga bag‘ishlangan maxsus veb-saytni ishga tushiradi", - deya izoh beradi Yun Yon Chan. U shuningdek saytga kiruvchilar jonli efirda sammitning borishini kuzatishlari va bu uchrashuvni avvalgilariga nisbatan shaffof o‘tishini ta'minlash imkonini berishini ta'kidladi. Bundan avval Koreya mamlakatlari rahbarlarining ikki sammiti 2000 va 2007 yillarda o‘tkazilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, www.koreasummit.kr portali 17 aprel kuni yarim tunda (mahalliy vaqt bilan) ish boshlaydi. Unda foydalanuvchilar muzokaralarga tayyorgarlik jarayoni, so‘nggi yangiliklar, ekspertlar sharhi, suratlar va videomateriallar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Portal to‘qqiz chet tilida faoliyat yuritadi: ingliz, xitoy, yapon, fransuz, ispan, nemis, rus, arab va vetnam tillari.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025