Jamiyat | 17:29 / 19.04.2018
47758
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida ikki akusher-ginekolog pora olayotganida qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Samarqand tuman bo‘limi tomonidan maxsus tadbir o‘tkazildi. 

Unda Samarqand shahar 1-son tug‘uruq majmuasi akusher-ginekolog shifokorlari F.M. va N.R. oldindan til biriktirib V. va N.dan tibbiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani hamda muolajalar evaziga 150 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan. 

Bundan tashqari, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati perinatal markazi shifokori G‘.K. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib J.R.ning turmush o‘rtog‘i, bemor M.Sh.ga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini aytib, 800 ming so‘m pul talab qiladi. 

Nafsi buzuq shifokor pulning 300 ming so‘m pulini pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi. Hozirda mazkur shifokor G‘.K.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid