Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatchilar tomonidan 69ta qabriston obodonlashtirildi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 22 aprel yakshanba kuni respublika hududida joylashgan muqaddas qadamjolar, masjid va qabristonlarni obodonlashtirishdek ezgu ishlarda besh mingdan ziyod harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, vazirlik markaziy apparati harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan Toshkent shahridagi “Botkina” nomli qabristonda uyushqoqlik bilan hashar tashkil etildi. Qabrlar atrofi, ariq va yo‘laklar tozalandi. Panjaralarni bo‘yash, daraxt va devorlarni oqlash, payvandlash kabi yumushlar bajarildi.
Bu kabi tadbirlar shu kuni Respublikaning chekka hududlarida ham davom etdi. Toshkent shahrida 18ta, Jizzax, Samarqand shaharlarida 8ta, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida 20ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 16ta hamda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi 7ta qabriston hashar yo‘li bilan obod etildi.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
16:55 / 17.03.2025
Kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi vazifalar belgilab olindi
11:10 / 26.02.2025