Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salohga Makkadan yer sovg‘a qilinadi
Saudiya Arabistonining Makka munitsipialligi vitse-prezidenti Fahd ar-Rukiy Misr terma jamoasi va «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga Angliya premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani munosabati bilan, unga sovg‘a sifatida Makka shahridan yer sovg‘a qilishini e'lon qildi. Bu haqda mahalliy «Sabq» nashri xabar tarqatdi.
Vitse-prezidentning ma'lum qilishicha, hozirda ushbu tortiqni Salohga qanday yetkazib berish shartlari o‘rganilmoqda. Agar mamlakat hududida Salohning yerga egalik huquqi bo‘lsa, unga Haram tashqarisidan maxsus yer ajratiladi. Yana bir variant sifatida o‘sha hududda Saloh nomiga masjid barpo qilish ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek Rukiyning qo‘shimcha qilishicha, uchinchi variant sifatida o‘sha yerni sotib, agar Salohni olishni istasa unga bu pulni taqdim etishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Saloh o‘tgan kuni Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan premer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Ayni vaqtda uning hisobida premer-liga o‘yinlarida kiritilgan 31ta gol bor. Yana bitta gol, uning to‘purarlar uchun rekordni yangilashini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi
09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish
08:52 / 19.10.2023