Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh: «G‘azoga zudlik bilan gumanitar yordam yetkazish kerak. Barchani begunoh insonlar qirg‘in qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiraman»
Muhammad Saloh Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro haqida gapirdi.
«Bunday paytda gapirish har doim og‘ir. Juda ko‘p zo‘ravonlik va yurakni ezuvchi shafqatsizlik davom etmoqda. So‘nggi haftalardagi keskinlikni kuzatish dahshatli bo‘ldi. Barchaning hayoti muqaddas va u himoya qilinishi kerak. Bunday hodisalarni to‘xtatish kerak. Oilalar parchalanmoqda.
Hozir aniq bo‘lgan narsa shuki, zudlik bilan G‘azoga gumanitar yordam yetkazish zarur. U yerda odamlar ayanchli sharoitda. Kasalxonadagi holatlar dahshatli edi. G‘azo aholisi zudlik bilan oziq-ovqat, suv va dori-darmonga muhtoj.
Men dunyo yetakchilarini begunoh insonlar yana qirg‘in qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiraman. Insoniyat g‘alaba qozonishi kerak», — dedi «Liverpul» klubi va Misr milliy jamoasi vingeri.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
17:42 / 24.05.2025