Jahon | 22:58 / 01.05.2018
6847
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi avtohalokatda 8 kishi halok bo‘ldi  

Foto: Yonhapnews

Janubiy Koreyada avtobusning yo‘ltanlamas bilan to‘qnashuvi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, xizmat avtobusi 14 nafar ishchini olib ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l transport hodisasi Yonam uyezdida yuz bergan. 

Yo‘ltanlamasda 4 kishi bo‘lgan, ularning barchasi jarohat olgan. To‘qnashuvdan keyin 25 kishilik avtobus yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid