Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Botanika bog‘iga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimda qatnashish uchun Toshkent shahridagi Botanika bog‘iga tashrif buyurdi.
Davlat rahbariga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohlik qilmoqda.
Botanika bog‘iga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, jamoatchilik vakillari taklif etilgan. Prezident ularning ba'zilari bilan qisqa muloqot qildi. Bog‘da urush davri ruhini aks ettiradigan namunalarni ko‘rish mumkin.
Bu yerda Ikkinchi jahon urushidagi sharoit aks ettirilgan. Okop va blindajlar qurilgan, o‘sha davr qurol-aslahalari va harbiy texnikalari namoyish etilgan.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu ko‘rgazmani ko‘zdan kechirgan.
Dunyo tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi insoniyatga mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan. Ushbu beshafqat jangda O‘zbekistondagi mehnatga layoqatli aholining deyarli yarmi qatnashgan, ularning 500 mingdan ko‘prog‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan. Qanchadan-qancha insonlar mayib-majruh bo‘lib qaytgan, yana qanchasi bedarak ketgan.
Xalqimiz front hududlaridan ko‘chirilgan bir millionga yaqin kishini qabul qilgan. Jumladan, ikki yuz mingdan ziyod bolalarni “Sen yetim emassan” deb oilasi bag‘riga olgan, bir burda nonini ular bilan baham ko‘rib, o‘z bolalari qatori voyaga yetkazgan.
Mavzuga oid
00:09
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024