Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir kunda uchinchi hokim. Uchtepa tumaniga ham yangi rahbar tayinlandi
“O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.
Shuhrat Atamuxamedov joriy yilning 18 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga o‘tkazilgan Shavkatbek Ergashev o‘rnini egalladi.
Sh.Atamuxamedov 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent elektrotexnika aloqa instituti va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori lavozimidan avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari sho‘'basining mudiri bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumaniga Baxtiyor Rahmonov yangi hokim etib tayinlangani xabar berilgandi.
Oradan biroz o‘tib, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov Sergeli tumani hokimi lavozimini egallagani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
18:31 / 20.03.2025