Sport | 08:20 / 13.05.2018
47906
1 daqiqa o‘qiladi

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi

Amerikada 12 may kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan 13 may kuni tongida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.

G‘oibnazarovga professional boksdagi 4-jangida meksikalik Xesus Silveyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden’da o‘tkazilgan 8 raundlik jangning 4-raundi vaqtida o‘zbekistonlik sportchi raqibini ikki marta ringga qulatdi va nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun Fazliddin professional boksda shu kungacha 3 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozona olgan (1 tasi nokaut bilan).

Uning raqibi Xesus Silveyra esa 15 ta jang o‘tkazgan va shularning 8 tasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan va yana ikkita to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Mavzuga oid