Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Dubaydagi osmono‘par binolardan biri o‘t ichida qoldi
Dubaydagi Dubai Marina tumanida joylashgan osmono‘par binolardan biri olov ichida qoldi.
Dubai Media Office xabariga ko‘ra, yong‘in chiqqan Zen Tower binosida yashovchilar to‘liq evakuatsiya qilingan, halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar olov ustidan nazorat o‘rnatishgan.
Qayd etilishicha, yong‘in kuchli qum bo‘ronlari vaqtida yuzaga kelgani uchun uni bartaraf etish murakkablashgan, kuchli shamol va ko‘rish yomonlashuvi o‘t o‘chiruvchilarning ishini og‘irlashtirgan.
Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmadi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025