Jahon | 14:57 / 16.05.2018
20671
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga parvoz qilgan yo‘lovchi samolyoti Yekaterinburgda favqulodda qo‘ndi

Foto: ytimg.com

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Ural tergov boshqarmasi “Yekaterinburg-Samarqand” reysini amalga oshirayotgan Airbus A320 samolyotining “Koltsovo” aeroportiga favqulodda qo‘nishini tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bort 16 mayda mahalliy vaqt bilan soat 01:04da favqulodda qo‘ngan.

Samolyotda 47 kishi, jumladan, 6 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Qo‘nish chog‘ida hech kim jarohatlanmadi, havo kemasiga zarar yetmadi.

Tekshiruv davomida hodisaning sabablari aniqlanadi. Uning natijalariga asosan protsessual qaror qabul qilinadi.

Mavzuga oid