Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MBA sobiq o‘yinchisi mashinada odamni bosib ketishga urindi, so‘ng uni do‘pposladi
Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) sobiq o‘yinchisi Glen Devis og‘ir tan jarohatlari yetkazish bo‘yicha ayblov bilan hibsga olindi.
TMZ Sports ma'lumotiga ko‘ra, aprel oyida basketbolchi erkak kishi bilan janjallashib qolgan va uni mashinada bosib ketishga uringan. Devis buni qila olmaganidan so‘ng, avtomobildan chiqqan va jabrlanuvchini do‘pposlagan.
Erkak yuzidagi ko‘plab jarohatlar va qovurg‘alari singan holda shifoxonaga olib ketildi. 18 may kuni MBAning 2007/08-yilgi mavsumdagi chempioni hibsga olindi. Hozir uni 50 ming dollarlik garov puli evaziga qo‘yib yuborishdi.
Fevral oyida Devis giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish bo‘yicha ish yuzasidan hibsga olingandi.
Mavzuga oid
22:00 / 23.10.2024
Tarixda birinchi marta ota-o‘g‘il basketbolchi NBA o‘yinida birgalikda ishtirok etdi
13:48 / 15.06.2023
Ruslan Davletov basketbol federatsiyasi raisi lavozimidan ketdi, uning o‘rnini Ilhom Mahkamov egalladi
07:17 / 21.07.2021
“Miluoki” 50 yil ichida birinchi marta MBA chempioniga aylandi
22:27 / 29.01.2021