Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afsonaviy bokschi va murabbiy Brendan Ingl vafot etdi
Britaniyalik afsonaviy bokschi va murabbiy Brendan Ingl 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Boxing News ma'lumotiga ko‘ra, irlandiyalik taniqli murabbiyning o‘limiga miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan.
Ingl o‘zining boks maktabi bilan mashhur bo‘lgan, unda u boksga o‘rgatish bo‘yicha noyob usullarni yaratgan.
Uning shogirdlari orasida Nasim Xamed, Jonni Nelson, Erol Grem, Junior Uitter, Kell Bruk va boshqa bokschilar bor.
«Brendan yaxshi ustoz edi. U menda o‘zimga ishonch tuyg‘usini uyg‘ota oldi. U sizni hamma narsa qila olishingizga, jangni hattoki raqibga tegmay ham yutish mumkinligiga ishontira olardi. U meni barchasiga o‘rgatdi», - deya aytib o‘tdi Grem.
Ayni damda Ingl boks maktabiga uning o‘g‘illari Dominik va Jon rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024