Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot yo‘lovchilarining sarosimada qanot ustiga chiqib olishlari videosi e'lon qilindi
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti yo‘lovchilari parvoz oldidan bomba haqidagi hazildan keyin samolyotdan sarosimada yugurib chiqib, uning qanotiga ustiga sakrayotganlari videosi e'lon qilindi. Yo‘lovchilar u yerdan dvigatel orqali sirpanib yerga tushganlar, biroq ulardan ba'zilari qanotdan tushish va bortdagi tiqilinch vaqtida ko‘plab jarohatlar olganlar.
Yo‘lovchilardan biri oldiga styuardessa kelib, uning sumkasida nima borligini so‘raganda, yo‘lovchi qaltis hazil qilib, bomba borligini aytgan. Buni uning yonida o‘tirgan erkak eshitib, vahima ko‘targan.
Ma'lum qilinishicha, samolyot Indoneziyaning Pontianak shahridan poytaxt Jakartaga uchishi kerak bo‘lgan. Samolyot ko‘zdan kechirilganda bomba topilmagan, biroq 11 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Aybdor esa qo‘lga olinib, politsiya tomonidan so‘roq qilingan.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025