Jahon | 10:59 / 03.06.2018
30451
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning Singapurdagi xarajatlarini to‘lab beradigan kompaniya topildi 

Foto: REUTERS/Damir Sagolj/File Photo

Yadroviy qurolni taqiqlash xalqaro kompaniyasi (ICAN) Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh prezidenti bilan Singapurdagi uchrashuvda to‘xtaydigan mehmonxona haqini to‘lab berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv 12 iyunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirlgan. Avvalroq uchrashuvga tayyorgarlik vaqtida Kim Chen Inning mehmonxona xarajatlarini to‘lash yuzasidan muammo yuzaga kelgandi.

“Bizning harakat yadroviy qurollarni yo‘q qilishga sodiq va bu tarixiy sammit tinchlik va yadroviy qurolsizlantirish ishiga ko‘mak berishda bizning avlod uchun yagona imkoniyatdir. Tinchlik uchun Nobel mukofoti pul mukofotini ham o‘z ichiga oladi va biz bu mablag‘larni Koreya yarimorolidagi tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflashni taklif qilmoqdamiz”, deb aytilgan ICAN bayonotida. 

ICAN 2017 yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid