Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston TIV rahbari bo‘lgan samolyot 14 daqiqa aviadispetcherlar bilan bog‘lana olmadi
Bortida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bo‘lgan harbiy-havo samolyoti 14 daqiqaga aviadispetcher xizmatlari bilan aloqani yo‘qotdi, deyiladi mamlakat aeroportlar boshqarmasi xabarida.
Manbaga ko‘ra, shanba kuni Svaraj BRIKS mamlakatlari (Rossiya, Braziliya, Xitoy, Hindiston va Janubiy Afrika) tashqi siyosiy idoralarining Pretoriya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida ishtirok etish uchun JARga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Yo‘lda uning samolyoti Mavrikiyada to‘xtashi kerak bo‘lgan, biroq samolyot bu orol mamlakatning havo kengligiga chiqqanidan so‘ng ekipaj deyarli 14 daqiqa davomida dispetcherlar bilan aloqa o‘rnata olmagan.
Quruqlik xizmatlari havo kemasi va undagi yo‘lovchilar hayoti xavf ostida bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llanadigan INCERFA kodi faollashtirilganidan keyingina samolyotda aloqa tiklandi va u muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi.
"Dispetcherlar samolyotning oxirgi marta aloqaga chiqqan vaqtidan 30 daqiqa kutib o‘tirmay, INCERFA kodini faollashtirishdi. Ehtimol, bu samolyot bortida mansabdor shaxs bo‘lgani bilan bog‘liqdir", - deyiladi idorada.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025