Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mundial arafasida yana bir mojaro: Angliya termasi futbolchisi oila a'zolariga Rossiyaga borishni taqiqladi
Angliya terma jamoasi himoyachisi Denni Rouz o‘z oilasi a'zolari va boshqa qarindoshlaridan 2018 yilgi jahon chempionatini kuzatish uchun Rossiyaga bormaslikni so‘radi. U Rossiyada ular irqchilikka uchrashidan xavotir olmoqda.
«Men o‘zim uchun xavotirda emasman. Men oila a'zolarimga ular u yerga borib, irqchilikka yo‘liqishini istamasligimni aytdim. Men o‘yinlarga tayyorlanayotgan vaqtimda oila a'zolarim uchun xavotirda bo‘lishni istamayman. Mening o‘zimga esa nimadir bo‘lishi unchalik xavotirli emas.
Otam bu so‘zlarimdan qattiq xafa bo‘ldi, bu uning ovozidan bilinib turardi. U bu meni jahon chempionatida ko‘rish uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Bu juda asabiy daqiqalar edi. Bu juda g‘amgin holat, ammo shunday bo‘lgani yaxshi. Rossiya qandaydir yo‘l bilan jahon chempionatini qabul qilish huquqini qo‘lga kiritdi, biz barchamiz bunga ko‘nishga majbur bo‘ldik.
Rossiyada Fransiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qilingan irqchilik uchun 22 ming funt miqdorida jarima belgilash bilan kifoyalanishi — aqlga sig‘maydi. Nokamtarlik qilmoqchi emasman, ammo menga 22 ming funtlik jarima qo‘llashsa, og‘rinmasdan to‘lay olaman. Irqchilik uchun atigi 22 ming funtlik jarima — bu juda kulgili.
O‘tgan haftada jamoaviy yig‘ilishimiz bo‘lib o‘tdi va unda shunday savol yangradi: «Agar Rossiyada biz bilan shunday holat sodir bo‘lsa, qanday harakat qilish kerak? Nima qilamiz?» Biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik», — deya Rouzning so‘zlarini keltirgan Evening Standard.
JCh-2018 turniri guruh bosqichida Angliya Tunis, Panama va Belgiya termalariga qarshi o‘ynaydi.
Mavzuga oid
13:26 / 17.06.2023
Alabamadagi avtobus boykoti – AQShda qora tanlilarning kamsitilishiga qarshi kechgan kurash qanday boshlangan edi?
02:08 / 11.12.2022
JCh-2022. Fransiya Angliyani mag‘lubiyatga uchratib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
02:00 / 05.12.2022
JCh-2022. Angliya Senegalni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi
02:13 / 30.11.2022