Jamiyat | 17:40 / 19.06.2018
5166
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy sud raisi joylarda yurib muammo va kamchiliklarni o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti ko‘rsatmalari bilan 2017 yil 15 noyabr kuni hududlarda jinoyatchilikning oldini olish huquqbuzarlikka qarshi kurashish «Respublika komissiyasi» hamda uning mintaqaviy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tizimli va samarali olib borilayotgan bugungi islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda «Respublika komissiyasi»ning sud organlari xodimlari jamoasi faollik ko‘rsatmoqda. 

17 iyun kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Qashqar mahallasiga Respublika ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi. Guruhga Oliy sud raisi K.Kamilov boshchilik qildi. 

Unda barcha mahalliy davlat organlari vakillari, jamoatchilik tashkilotlari qatnashdi. Asosiy maqsad hududlardagi jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika choralari qanday tartibda olib borilishini kuzatishdan iborat. Fuqarolar bilan erkin muloqot qilinib, hududdagi muammo va kamchiliklar o‘rganilmoqda. Oliy sud raisining keyingi tashriflari rejaga asosan davom etadi.

Mavzuga oid