Shuhrat Polvonov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylandi
19 noyabr kuni Oliy majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuhrat Tog‘aymurodovich Polvonov sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga besh yil muddatga saylandi.
Bunga qadar Shuhrat Polvonov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shuningdek, Senat qaroriga muvofiq Gulnora Anvarovna Mirzayeva, Abdukamol Abdumalikovich Abdukarimov va Askar Tanirbergenovich Bekmanov Oliy sudning sudyasi lavozimiga o‘n yillik muddatga saylandi.
M.Nazarov, J.G‘aybullayev, B.Naimov, A.To‘xtashevlar Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
16:01 / 11.09.2024
Oliy sud rais o‘rinbosari va Toshkent shahar sudi raisi qandolat fabrikasini “ziyorat” qildi
09:28 / 24.04.2024
Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda ilmiy daraja oldi
13:03 / 12.09.2023
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:32 / 06.09.2023