Jahon | 00:02 / 23.06.2018
1418
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada 400 sayyoh osma yo‘l buzilishi sababli 3 ming metr balandlikda qolib ketdi

Shveytsariyada 400 sayyoh osma yo‘l buzilishi sababli 3 km balandlikda qolib ketdi

Shveytsariyadagi Shiltxorn tog‘i cho‘qqisida osma yo‘l buzilishi sababli 400 sayyoh 3 km balandlikda qolib ketdi. Ularni evakuatsiya qilish uchun 4 ta vertolyotni chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan.

Sayyohlar osma yo‘l buzilishi sababli 3 ming metr balandlikda qolib ketishgan. Osma yo‘l sayyohlarni josus Jyeyms Bond haqidagi 1969 yilda olingan filmda namoyish qilingan Piz Gloria aylanuvchi restoraniga olib ketayotgan bo‘lgan. Tog‘ manzaralariga mahliyo bo‘lib qolgan sayyohlar nima bo‘layotganini darrov fahmlashmagan.

Qutqarish amaliyoti davomida barcha odamlarni shikast yetkazmagan holda Myurren kurortiga yetkazishga muvaffaq bo‘lingan. Ta'kidlanishicha, evakuatsiya 2 soatcha vaqt olgan.  

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid