Jamiyat | 18:58 / 26.06.2018
32808
3 daqiqa o‘qiladi

Endi yuridik universitetga hujjat topshirish uchun oliygoh binosiga borish shart bo‘lmaydi

2018-2019 o‘quv yilida abituriyentlar hujjatlari Toshkent davlat yuridik universitetida qabul qilinmaydi, yangi o‘quv yilidan boshlab universitet bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tuman va shaharlarda faoliyat olib borayotgan 201ta davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Abituriyentlar 15 iyun – 15 iyul kunlari davomida davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish xizmati bepul amalga oshiriladi.

Abituriyent doimiy ro‘yxatda turgan joyidan qat'i nazar o‘zi xohlagan tuman yoki shaharlardan birida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlariga murojaat etgan holda hujjat topshirishi mumkin.

 

Nazvaniye

Davlat xizmatlari markazlariga abituriyent tomonidan quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:

  • pasport;
  • o‘rta (11-sinf), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar o‘quv muassasasini tugatgani to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa).

Hujjatlarini topshirgan abituriyent 29-31 iyul kunlari o‘z ruxsatnomasini olish uchun oliygoh qabul komissiyasiga shaxsan murojaat etishi shart.

Toshkent davlat yuridik universitetida to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olishning miqdori borasida o‘zgarishlar kuzatilgani yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:

bakalavriat – 9850000 so‘m;

magistratura – 10830000 so‘m.

Xorijiy davlat fuqarolari uchun:

bakalavriat – 33600000 so‘m;

magistratura – 36960000 so‘m.

Davlat test markazi ma'lumotiga ko‘ra, yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2018 yilgi mavsumda o‘tish ballari quyidagicha bo‘lgan:

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 – «Yurisprudentsiya» ta'lim yo‘nalishi doirasida 5ta: Davlat huquqiy faoliyati, Fuqarolik huquqiy faoliyati, Jinoyat huquqiy faoliyati, Xalqaro huquqiy faoliyat, Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi) mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlab boriladi, o‘quv muddati esa 4 yilni tashkil etadi.

Mavzuga oid