Sport | 20:59 / 02.07.2018
11679
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar va Firmino gollari Braziliyani chorakfinalga olib chiqdi

Foto: Getty Images

Rossiyada jahon chempionati pley-off o‘yinlari davom etmoqda.

1/8 finalda Braziliya va Meksika bellashdi. O‘yin «pentakampeonlar» tashabbusi ostida o‘tdi va ular raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol etishdi.

51-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to‘pni Neymar chaqqonlik bilan bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi. Bu vaziyatda darvozabon Ochoa jamoasiga yordam berishga ojiz edi.

88-daqiqada Neymar chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, zarba yo‘llaganida, Ochoa to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, Firmino unga birinchi bo‘lib yetib keldi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.

Braziliyaning chorakfinaldagi raqibi Belgiya - Yaponiya o‘yinidan so‘ng aniqlanadi.

JCh-2018, 1/8 final
Braziliya – Meksika 2:0 

2 iyul, «Samara-Arena» 
Gollar: 1:0 – 51 Neymar, 2:0 – 88 Firmino. 
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Fagner, Miranda, Paulino (Fernandino, 80), Kazemiro, Koutino (Firmino, 86), Villian (Markinos 90), Neymar, Gabriel Jyezus.
Meksika – Ochoa, Ayyala, Markes (Layyun, 46), Alvares (Dos Santos, 55), Salsedo, Guardado, Galyardo, Vela, Errera, Losano, Ernandes (Ximenes, 60).
Ogohlantirishlar: Alvares (38), Filipe Luis (43), Errera (55), Kazemiro (59), Salsedo (77).

Mavzuga oid