Sport | 13:05 / 02.07.2018
13717
1 daqiqa o‘qiladi

Saloh hech qayerga ketmaydi: u «Liverpul» bilan shartnomani uzaytirdi

Foto: Peter Byrne/PA

«Liverpul» klubi misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, misrlik futbolchi yana 5 mavsum - 2023 yilgacha mersisaydliklar safida qoladi. Shartnomaga ko‘ra Saloh haftasiga 200 ming funt atrofida (226 ming yevro) maosh oladi, bu esa uni «Liverpul»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi.

Saloh «Liverpul»ga 2017 yil yozida «Roma»dan kelgandi. Uning transfer qiymati 42 million yevroni tashkil etgan. Yakunlangan mavsumda ushbu 26 yoshli futbolchi Angliya Premer ligasida qator rekordlar o‘rnatdi, u chempionatning 36 uchrashuvida 32 gol urib, tarixga kirdi.

Uning yorqin o‘yinlari Ispaniya grandlari nazariga tushdi va futbolchi yozda «Real» yoki «Barselona» klublaridan biriga o‘tishi kutilayotgandi.

 

 

 

Mavzuga oid