Jamiyat | 22:50 / 03.07.2018
6666
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon IIB: boshpanasiz qolganlar sog‘lom hayotga qaytarilmoqda

Joriy yilning 3 iyul kuni Andijon viloyat IIB tashabbusi bilan Andijon shahrida ichki ishlar organlari, shahar hokimligi, prokuratura, soliq, ma'muriy ishlar bo‘yicha sud, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda sektorlar kesimida ishchi guruhlar tuzildi. Andijon shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, xususan, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlash, reabilitatsiya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta'minlash, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish bo‘yicha qator profilaktik ishlar amalga oshirildi. 

Foto: Andijon IIB

Jumladan, shahar hududida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 152 nafar ijtimoiy va moddiy yordamga muhtoj, tilamchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxs, shuningdek, 16 nafar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaro aniqlandi. Ularni sog‘lom turmush tarziga kaytarish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ro‘yxatlari tuzilib, ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash xodimlari, bandlik  markazi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tegishli chora tadbirlar belgilandi.

Foto: Andijon IIB
Foto: Andijon IIB
Foto: Andijon IIB

 Ularning natijasida bu toifadagi shaxslarning 107 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 16 nafar fuqaro esa reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.

Foto: Andijon IIB
Foto: Andijon IIB
Foto: Andijon IIB

Hozirda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni sog‘lom turmush tarziga qaytarishga doir ishlarni jadallashtirish maqsadida mehnatga layoqatli shaxslarning bandligini ta'minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid