Mahrez "Manchester Siti"ga o‘tdi
"Lester Siti" yarim himoyachisi Riyod Mahrez faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi. Bu haqda "Manchester Siti" rasmiy sayti ma'lum qildi.
27 yoshli futbolchi shaharliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Mahrez "Manchester Siti"da 26-raqamda to‘p suradi.
"Men "Manchester Siti"ga o‘tganimdan juda ham xursandman. Bu jamoa Pep Gvardiola qo‘l ostida ajoyib futbol namoyish etmoqda. "Manchester Siti" o‘yinlarini hattoki chetdan turib kuzatish ham yoqimli. Gvardiola hujumkor futbol falsafasiga sodiq va bu menga juda mos keladi. Jamoa o‘tgan mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazdi. "Manchester Siti" ingliz futbolini o‘zgartirmoqda, men esa uning bir qismi bo‘lishni xohlayman", – dedi Mahrez.
Avvalroq, "Manchester Siti" Mahrezning transferi uchun "Lester"ga 60 mln funt sterling to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.10.2024
«Arsenal» «PSJ»ga imkon qoldirmadi, «Barsa» va «Siti» istagancha gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
15:41 / 26.09.2024
APLda yangi dushmanlik boshlanishi. Arteta aslida Gvardiolaning shogirdi emasligi haqida
12:28 / 19.09.2024