Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i ishdan olindi
Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilyos Abduqahhorov ishdan bo‘shatilgan. Ichki ishlar vazirligi saytida keltirilgan ma'lumotga ko‘ra, podpolkovnik Farhod Eshboyevich Jo‘rayev Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB binosida IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi tergovchisi San'at Umarov gumondor ayolni tahqirlab yechinishga majburlagandi.
O‘zbekiston IIV mazkur holatga munosabat bildirgan va San'at Umarov ichki organlari xodimlari safidan bo‘shatilganligini ma'lum qilgandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda yuz bergan voqeaga keskin munosabat bildirib, “shahar rahbarlari iste'fo berishi maqsadga muvofiq bo‘lishini” aytgandi .
Mavzuga oid
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
12:04 / 05.04.2025