Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashayotgan 12 mingdan ortiq oila aniqlandi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlarga aloqador bir qancha masalalar, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ma'ruzasida yurtimizda qonuniy nikohdan o‘tmasdan, faqat shar'iy nikoh bilan yashayotganlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
– Bilamizki, bunday nikohlar qonunchiligimizda noqonuniy nikoh hisoblanadi va yurtimizda 12 mingdan ortiq oila qonunan nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotgani aniqlandi. Mahalla va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi aralashuvi bilan ulardan 5152 tasining nikohi qonuniylashtirildi, – dedi Tanzila Norboyeva.
Mavzuga oid
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi
17:59 / 09.04.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi
19:03 / 22.11.2024