Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegarachi janjal ko‘tardi, DXX xizmat tekshiruvi o‘tkazadi
Joriy yilning 26 iyun kuni soat 16:30da Andijon viloyatida noxush voqea sodir bo‘ldi.
Kun.uz'ga yuborilgan video tasvirda noma'lum harbiy fuqaroga oyoq zarbi bilan tashlangan. Ular o‘rtasida kelib chiqqan nizoning sababi va oqibatlari ayni paytda noma'lum.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligining Gazeta.uz'ga ma'lum qilishicha, «Do‘stlik» chegara o‘tkazish punktida yuz bergan hodisa diqqat bilan o‘rganilmoqda va xizmat tekshiruvi boshlangan. Albatta, mazkur voqea yuzasidan aybdor deb topilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra jazoga tortiladi.
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025