Jamiyat | 19:50 / 31.07.2018
27975
1 daqiqa o‘qiladi

AYoQShga o‘t qo‘yib qochgan erkak videoga tushib qoldi

Politsiya Nyu-Yorkdagi AYoQShga o‘t qo‘ygan erkakni qidirmoqda.

Shahar politsiyasi voqea sodir bo‘lgan joyda olingan videotasvirni tarqatdi, deb xabar bermoqda The Independent.

Lavhada erkak kanistrga yonilg‘i quygani, so‘ngra terminalga sepgani aks etgan. Keyin u qog‘ozni yondirib, benzinga uloqtiradi.

Yong‘in oqibatida o‘sha atrofda bo‘lgan bir kishi jarohatlandi. Jarohatlangan 21 yoshli shaxs kasalxonaga yotqizildi.  

Tartib posbonlarining ma'lumot berishlaricha, AQYoShga o‘t qo‘ygan odam yashiringan. U Staten-Aylenddagi AQYoShga ko‘k minivenda kelgani qayd etilgan.

Mavzuga oid