Afrikada uch nafar rossiyalik jurnalist o‘ldirildi. Ular «Vagner» guruhi haqida film olayotgandi
Markaziy Afrika Respublikasida, Sibut shahridan 23 km uzoqlikda uch nafar rossiyalik jurnalist o‘ldirib ketildi. Bu ma'lumot Rossiya TIV tomonidan tasdiqlandi.
AFP agentligi xabariga ko‘ra, o‘ldirilganlarning yonida muxbirlik guvohnomalari bo‘lgan.

«Dojd» telekanali ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar - jurnalist O‘rxon Jamol, rejissyor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radchenkodir.
Ushbu jurnalistlar «Tsentr upravleniya rassledovaniyami» loyihasi bilan hamkorlikda «Vagner» guruhi faoliyatiga oid hujjatli film ishlash uchun Afrikaga yo‘l olishgandi.
«Biz MAR bo‘yicha loyiha ustida ishlayotgandik. Ular oxirgi marta kechadan oldin kuni aloqaga chiqishgandi. To‘g‘ri, buni aytish qiyin, ular mening do‘stlarim edi», — deya ma'lumot bergan «Tsentra upravleniya rassledovaniyami» bosh muharriri Andrey Konyaxin.
Ma'lumot uchun, «Tsentr upravleniya rassledovaniyami» medialoyihasi Mixail Xodorkovskiy tomonidan ishga tushirilgan.
Jurnalistlarning o‘limini BMTning Markaziy Afrika Respublikasidagi missiya ham tasdiqlagan. Jurnalistlar Bombari shahriga ketish yo‘lida halok bo‘lgan.
«Vagner» guruhi yollanma jangchilar xizmatini ko‘rsatadigan harbiy kompaniya bo‘lib, uning tarkibi asosan Rossiya va MDH vakillari bo‘lgan yollanma jangchilardan iborat hisoblanadi. Biroz avvalroq ushbu guruh jangchilari MARga mamlakat prezidenti Fosten-Arkanja Tuaderuni qo‘riqlash uchun kelgani haqida ma'lum bo‘lgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «Vagner» harbiy bo‘linmasi 2014 yili rossiyalik sobiq harbiy Dmitriy Utkin tomonidan tuzilgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, bu guruh Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarda ayirmachilarni faol qo‘llab-quvvatlagan hamda Qrim annektsiyasi jarayonida bevosita ishtirok etgan. 2015 yildan esa bu guruh Suriyadagi urushga ham jalb etilgan.
Mavzuga oid

19:30 / 07.02.2019
«Vagner»ning Suriyada tor-mor etilishi. Rossiya yo‘qotishlar izini qanday yashirgan?

15:12 / 10.01.2019
Markaziy Afrikada Rossiya harbiy bazasi joylashtirilishi mumkin

18:30 / 28.10.2018
Markaziy Afrikadagi qurolli kuchlar rossiyaliklarga ultimatum qo‘ydi

16:00 / 05.08.2018