Jamiyat | 12:50 / 31.07.2018
16552
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada xotinini o‘ldirgan, qaynota va qaynonasiga jarohat yetkazgan kuyov ushlandi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

30 iyul kuni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi X.S. Dang‘ara tumanida yashovchi qaynotasi X.E.ning uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i X.S. va ularni ajratmoqchi bo‘lgan qaynotasi X.E. hamda qaynonasi F.B.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada X.S.ning rafiqasi kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan. Qaynota va qaynonasi kasalxonaga yotqizilgan. X.S qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid