Jahon | 11:11 / 31.07.2018
4142
2 daqiqa o‘qiladi

Myanmada rohingyalar bilan bog‘liq holatni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzildi

Foto: RIA Novosti / Shaxnevaz Xan

Myanma hukumati rohingya qochoqlariga nisbatan qonun buzilishlarini o‘rganish uchun mustaqil komissiya tuzdi, deb xabar berildi mamlakat prezidenti saytida.

Xabarda aytilishicha, komissiya to‘rt nafar mutaxassisdan iborat bo‘lib, ular orasida konstitutsion sudning sobiq raisi va mamlakatning BMT organlaridagi vakillari bo‘ladi. Komissiyaga Filippin tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Rozario Manalo boshchilik qiladi.

Komissiyaga davlat va xalqaro ekspertlar yordam ko‘rsatadi.

Rohingyalar etnik musulmon bengallar bo‘lib, XIX—XX asrlarda britaniyalik mustamlakachilar tomonidan Birmaning Arakan shtatiga ko‘chirib keltirilgan. Soni 1,5 milliondan oshadigan rohingyalar Rakxayn shtati aholisining katta qismini tashkil etishadi, ammo ularning ozchilik qismi Myanma fuqaroligiga ega.

Rakxayn shtatidagi vaziyat 2017 yil 25 avgustda keskinlashgandi. "Arakan rohingyalarni qutqarish armiyasi" jangarilari 30ta politsiya punktiga hujum uyushtirganidan so‘ng Myanma hukumati hududda harbiy operatsiya boshladi. To‘qnashuvlarda 400dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Olti yuz mingdan ortiq tinch aholi o‘z uylarini tark etdi va Bangladesh bilan chegaradosh tumanlarga yo‘l oldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid