Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonadagi terakt tashkilotchilari «Kamp Nou»ga ham hujum rejalashtirishgan
2017 yilning 17 avgust kuni Barselonada terrorchilik harakatini amalga oshirgan jihodchilar guruhi «Kamp Nou» stadioniga ham hujum uyushtirishni rejalashtirishgan.
El Periódico xabariga ko‘ra, terrorchilik harakati Ispaniya chempionati 1-turidan o‘rin olgan «Barselona» - «Betis» o‘yini paytida amalga oshirilishi mo‘ljallangan.
Terrorchilik guruhi a'zolaridan biri Muhammad Xishomiyning mobil telefonidan o‘yinni sanasi, stadionga kirish tartibi va stadionning fotosuratlari topilgan. Shuningdek, guruhning bir necha a'zosi «Barselona» do‘konidan turli atributikalarni sotib olishgan.
El Periódico nashrining taxminiga ko‘ra, terrorchilar 2015 yil noyabr oyida Fransiya terma jamoasining «Stad de Frans» stadionidagi o‘yinida yuz bergan teraktga o‘xshash amaliyotni qo‘llashga urinishgan.
Mavzuga oid
12:38 / 27.10.2018
«Barselona» 300 million yevrolik tijoriy taklifga rozi bo‘lmadi
08:51 / 07.05.2018
Zidan “Kamp Nou”dagi ilk 4 ta o‘yinini yutqazmagan tarixdagi birinchi murabbiy bo‘ldi
17:35 / 26.10.2017
«Barselona» stadioni nomini rekord qiymatga sotishi mumkin
22:20 / 21.08.2017