Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadagi cherkovdan XVII asrga tegishli toj o‘g‘irlandi
Shvetsiyaning Strengnes shahridagi ibodatxonadan Karl IX va uning ayoli, qirolicha Kristinaga tegishli tojni o‘g‘irlab ketishdi.
Jinoyat 31 iyul kunduzi ro‘y berdi. Guvohlarning ma'lum qilishlaricha, ikki o‘g‘ri ibodatxona yonidagi qirg‘oq bo‘yida ularni kutib turgan motor qayiqqa o‘tirib qochib qolgan.
Karl IX'ning toji tilladan ishlangan bo‘lib, olmos, marvaridlar va kumush bilan bezatilgan. O‘g‘rilar ularni cherkovdagi signalizatsiya o‘rnatilgan eshigi berk xonadan olib qochishning uddasidan chiqishgan. Hozircha o‘g‘rilarni qidirish ishlari natija bermagan.
2013 yilda jinoyatchilar qirol Yuxan III'ning toji va skipetrini o‘g‘irlashgan. Bir necha kundan so‘ng politsiya anonim xabar yordamida ularni katta yo‘l chetidagi sumkalardan topgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
00:42 / 13.05.2025