KNAUF O‘zbekistonda Quruvchilar kunini nishonlaydi
Bu yil an'anaga binoan KNAUF kompaniyasi O‘zbekistonning barcha viloyatlarida qurilish sohasi xodimlari uchun bayram tadbirlarini tashkillashtiradi. Ko‘ngilochar tadbirlar 2018 yil 6-12 avgust kunlari respublikamizning 12 shahrida o‘tkaziladi.
Ikkita brendlashtirilgan yuk avtoulovlari bayramona dasturlari bilan bir hafta mobaynida mamlakatimizning barcha ma'muriy markazlaridan o‘tadi. Viloyat aholisini raqs bo‘yicha mahorat-darslari, fokuschilar chiqishlari hamda turli tanlovlar va esdalik sovg‘alari kutmoqda.
Toshkent shahrida Quruvchilar kuni bayrami “Ta'mirchilik – bu san'at” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. 12 avgust kuni KNAUF kompaniyasi tomonidan poytaxtimizning uchta savdo markazlarida, xususan Samarqand Darvoza, Next va Parus savdo markazlarida ijodiy fotozonalar bezatiladi. Toshkent shahri aholisi uchun bir kunga mashhur o‘zbek rassomi Bobur Ismoilovning o‘ziga xos asarlari qayta tiklanadi va tomoshabinlar ko‘z o‘ngida tom ma'noda jonlantiriladi. G‘aroyib qahramonlar tadbir ishtirokchilarini sharqona durdona asarlarning xushmanzara kompozitsiyalariga sho‘ng‘ishlari uchun rasmlardan chiqib keladilar. Devorlarni naqsh bilan bezashda Hope Rixiyeva bo‘lib tanilgan va muxlislari tomonidan sevilgan iste'dodli rassom Nadejda Riksiyeva, asarlar muallifining roziligini olgan holda rasmlarni katta fotozonalarga translyatsiya qiladi. Soat 12.00 dan 22.00 ga qadar jonli ekspozitsiya fonida rasmga tushish mumkin bo‘ladi.
Ijodiy mashg‘ulot ishqibozlarini esa KNAUF tematik mahorat darslarida qatnashish uchun “Anhor-Lokomotiv”, “Lokomotiv”, Central Park va “Ecopark” istirohat bog‘lariga taklif qiladi. Tashrif buyuruvchilar o‘z qo‘llari bilan gipsokartondan turli buyumlar yasashlari, gipsdan yasalgan figuralarni bo‘yashlari va esdalik sifatida olib ketishlari mumkin bo‘ladi. O‘zlarini haqiqiy usta bo‘lib his qilishni xohlovchilar esa, mix burash moslamasi yordamida gipsokarton elementlarini pardevorga mahkamlab qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir 12 avgust kuni soat 16.00 dan 20.00gacha bo‘lib o‘tadi.
— Ishbilarmon ustalar har zamonlarda jamiyat tomonidan qadrlangan. Inson o‘z hayotining katta qismini binolarda: uylarda, ofislarda, do‘konlarda o‘tkazadi va shu tufayli atroflarini mahkam devorlar va sifatli ich pardozlari o‘rab turishini istaydi. KNAUF ta'mir ishlariga jalb qilingan ishchilarning yuqori mahorati, bilimi va hunarlari so‘nggi natijaga katta ta'sir o‘tkazishini tushunadi. Shu sababli, quruvchilarning bilim olishlariga investitsiya qilamiz va yosh mutaxassislarni qo‘llab quvvatlaymiz. 6000 dan ortiq mutaxassislar o‘quv markazlarimizning sertifikatlariga ega bo‘ldilar. Hurmatli qurilish sohasi vakillari, kasb bayramingiz bilan tabriklashga ijozat bering! KNAUF qurilish materiallariga ishonch bildirishingizdan va kompaniyamizning ta'lim dasturlarini faol qo‘llab quvvatlashingizdan faxrlanamiz. Oilalaringizda har doim tinchlik, hamjihatlik va farovonlik hukm sursin, — deya, qurilish sohasi vakillarini O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari direktori Dmitriy Deripalko tabrikladi.
Ma'lumotnoma:
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risidagi” farmoniga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “Qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e'lon qilindi. Kasb bayrami “respublikamizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish va mutaxassislarni rag‘batlantirish” maqsadida belgilangan. 2017 yil 21 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida Qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi” Qonun qabul qilindi.
KNAUF kompaniyasi haqida:
KNAUF – xalqaro kompaniya bo‘lib, oilaviy biznes tamoyillariga asosan tashkil topgan va o‘zining global miqyosdagi faoliyatiga qaramasdan ushbu qadriyatlarni saqlab qolgan. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi dunyodagi eng yirik qurilish mollari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. 1993 yilda KNAUF o‘z investitsion faoliyatini Rossiyada boshlagan, keyinchalik Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olingan va tashkil topilgan. Marketing faoliyati barcha MDH davlatlarida, Gruziya va Mongoliyada tarqalgan. MDH mamlakatlaridagi barcha KNAUF korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlangan bo‘lib, xalqaro guruh doirasida yagona ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi va yuqori sifatga ega qurilish mollari ishlab chiqariladi. Sifat standartlari Germaniyadagi KNAUF korxonalari hamda MDH davlatlaridagi korxonalar uchun yagonadir.
www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com saytlarida O‘zbekistondagi KNAUF kompaniyasi, MDH davlatlari va dunyodagi KNAUF kompaniyalari to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Mavzuga oid
22:53 / 01.10.2018
KNAUF kompaniyasi tomonidan ekologik aksiya o‘tkazildi
16:02 / 16.08.2018
KNAUF kompaniyasi Quruvchilar kunida kutilmagan tadbirlar bilan O‘zbekiston aholisini mamnun qildi
11:55 / 17.05.2018
KNAUF O‘zbekistonga yangi investitsiyalar haqida ma'lum qildi
19:36 / 01.05.2018