Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Kovachichni «Chelsi»ga qo‘yib yuboradi
«Real» yarim himoyachisi Mateo Kovachich «Chelsi»ga o‘tishi kutilmoqda.
Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar ushbu 24 yoshli havbekning ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Biroz oldinroq ushbu nashr xorvatiyalik futbolchi Madrid klubi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortgani va kelajagi masalasiga oydinlik kiritishni talab etayotgani haqida xabar tarqatgandi.
«Real» Kovachichni sotishdan ko‘ra ijaraga berishni afzal ko‘rgan, futbolchi keyinroq jamoaga kerak bo‘lishi hisobga olingan.
Futbolchi transferi yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bundan avvalroq, Qirollik klub «Chelsi»dan darvozabon Tibo Kurtuani olmoqchi ekani haqida xabar tarqalgandi. Ushbu belgiyailik futbolchi ham Madridga o‘tishni istamoqda va u ham jamoa mashg‘ulotlarini boykot qilgan.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025