O‘zbekiston | 15:39 / 10.08.2018
21083
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda MAN o‘rniga «Kamaz» keladimi?

Foto: JV MAN Auto-Uzbekistan

Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan suhbat davomida bir qator qo‘shma loyihalarni, shu jumladan, o‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlangan «Kamaz» yuk texnikasini yetkazib berish yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni muhokama qildi, deb xabar bermoqda RBK.

«Ularni Samarqandda yig‘ish boshlandi, u yerda bo‘sh maydon bor edi, dastlab 100ta mashina yig‘ildi. Harbiylar ularni ko‘zdan kechirib, bu yil uchun 1,1 mingta mashinaga buyurtma berishdi. Hozir MAN ishlab chiqarishni to‘xtatyapmiz, u maydonda «Kamaz» ish boshlaydi», - deya aytib o‘tgan Ibragimov Qozon Kremlida Minnixanov bilan rasmiy uchrashuv davomida.

«Kamaz» O‘zbekistonda mamlakat harbiy qismlari uchun yuk avtomobillari ishlab chiqarishni 10 barobar oshiradi. Yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatish uchun katta servis markazi kerak, deya xabar bergan Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Qozon shahrida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid