Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining har bir shahrida sayyohlar uchun Mehmon uylari tashkil qilinadi
Toshkent viloyati hokimligida o‘tgan yetti oy davomida turizmni rivojlantirishga doir qilingan ishlar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilandi. Hokimlik matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
2018 yilning o‘zida viloyatda turizm sohasiga berilayotgan e'tibor, aholining turistik madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 15 ta turistik firma tashkil qilindi, Angren shahri, Yuqorichirchiq va Parkent tumanlarida sayyohlar uchun “Turizm axborot markazi” ish boshladi.
Kuni kecha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qarorining mazmun-mohiyati shahar va tuman hokimlarining turizm yo‘nalishi bo‘yicha mas'ul o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlariga tushuntirildi.
Mehmon uylarini Toshkent viloyatidagi har bir shahar va tumanda tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilindi. Bu borada aholi o‘rtasida keng miqiyosda targ‘ibot ishlarini tashkil qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, olis hududlargacha internet tarmog‘ini kengaytirish, turistik hududlarda mobil aloqa xizmati ishlashini ta'minlash va sayyohlik obektlarda Wi-Fi zonalarini tashkil etish masalasi alohida muhokama qilindi.
Bundan tashqari, 2018-2019 yillarda turizm obektlarini barpo etish bo‘yicha hududiy dastur muhokamasi, hunarmandchilikni rivojlantirish, sayyohlar uchun suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil qilish hamda “Chorvoq” erkin turistik zonasida olib borilayotgan ishlar holatiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
12:13 / 21.05.2025