Jahon | 11:04 / 10.08.2018
10301
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Basketbolchi to‘pni uchib ketayotgan samolyotdan halqaga aniq tashladi

Amerikalik basketbolchi Bull Bullard uchib ketayotgan samolyotdan to‘p otish bilan bog‘liq tryukni amalga oshirdi. Sportchi Instagram’dagi sahifasida tegishli videoni joylashtirgan.

Basketbol halqasi uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘rnatilgan. Bullard tepadan uchib ketayotgan samolyot kabinetida bo‘lgan holda to‘pni halqaga aniq joyladi.

Amerikalik «Xarlem Gloubtrotters» - o‘z chiqishlarida sport va shouni uyg‘unlashtiruvchi ko‘rgazmali jamoa tarkibiga kiradi. Shuningdek, Bullard «Amerikalik jangchi nindzya» teleshousida ham ishtirok etgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid