Jahon | 18:33 / 11.08.2018
32030
2 daqiqa o‘qiladi

«Afsus». Sietl aeroportidan samolyotni olib qochib ketgan shaxs haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Foto: REUTERS / John Waldron

Horizon Q400 samolyotini olib qochib ketgan Horizon Air aviakompaniyasi ishchisi o‘zini "singan yigit", deb atagan va parvoz paytida "xotirjam his qilishni" istagan. Bu uning dispetcherlar bilan muzokaralarida qayd etilgan, deb yozmoqda Seattle Times gazetasi.

Avvaliga ushbu shaxs o‘zini xotirjam tutgan va hattoki muvaffaqiyatli qo‘nadigan bo‘lsa, unga uchuvchi sifatida ish taklif qilishlari haqida hazillashgan. Biroq, keyinchalik havo kemasini qanday qo‘ndirishni bilmasligini tan olgan.

"Men qo‘nishni rejalashtirmagandim", - degan u dispetcherlarga.

So‘ng erkak yoqilg‘i tugayotgani va “dvigatel portlab ketishi mumkin ekani”dan tashvishga tusha boshladi.

"Men muhim bo‘lgan ko‘plab odamlar bor. Ular mening qilgan ishimni eshitib xafa bo‘lishadi. Ularning har biridan kechirim so‘ramoqchiman. Men shunchaki singan yigitman", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Parvoz davomida dispetcherlar va havo kemasi qo‘mondoni unga samolyotni qo‘ndirishda yordam berishmoqchi bo‘lishdi hamda xavfli manyovrlarni bajarmaslikka chaqirishdi.

"Afsus. Umid qilamanki, bu sizning kuningizga ta'sir ko‘rsatmaydi", - degan oxirida samolyotni olib qochgan shaxs.

Guvohlar Horizon Q400’ning xavfli manyovrlarini qulashidan biroz avval videoga ham olishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sietl aeroportidan samolyotni olib qochib ketishgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid