Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada natsistlar ramziy belgilariga ega videoo‘yinlarga ruxsat berildi
Germaniyada natsistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoo‘yinlarni tarqatishga ruxsat berildi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilyapti.
Germaniyada ko‘ngilochar dasturiy ta'minotni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot - USK natsistlar ramziy belgilaridan foydalanadigan videoo‘yinlarni mamlakat hududida butunlay taqiqlash o‘rniga, qo‘shimcha yosh reytingini o‘rnatish mumkin deb qaror qildi.
Shu bilan birga, taqiqlangan belgilar videoo‘yinlarda «ijtimoiy jihatdan adekvat» bo‘lishi kerak. Bu natsistlar ramziy belgilari badiiy yoki ilmiy maqsadda xizmat qilishi yoxud aniq tarixiy voqealarni qayta tiklashda qo‘llanilishi kerakligini anglatadi, deya ta'kidlab o‘tishgan tashkilotdan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025