Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Liverpul» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi
«Liverpul» APLning ilk turida «Vest Hem Yunayted»ni o‘z maydonida qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. «Enfild» stadionidagi bahs mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi.
19-daqiqada himoyachi Endryu Robertsonning chap qanotdan uzatgan to‘pini Muhammad Saloh darvozaga burib yuborib, hisobni ochdi. Tanaffusga qadar hujumchi Sadio Mane o‘rtadagi farqni ikkitaga oshirdi.
Ikkinchi taymning 8-daqiqasida yana Mane katta sahnaga chiqib, markazdan uyushtirilgan hujumni gol bilan yakunladi. O‘yin so‘ngida Starrij standart vaziyatdan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Yurgen Klopp jamoasi o‘yinni to‘la o‘z nazoratida o‘tkazib, mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Parallel kechgan «Sauthempton» - «Bernli» bahsida esa hisob ochilmadi.
Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanadigan markaziy o‘yin - «Arsenal» - «Manchester Siti» to‘qnashuvi ilk turga yakun yasab beradi.
Angliya Premer-ligasi. 1-tur
Liverpul – Vest Hem 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 19 Saloh, 2:0 – 45 Mane, 3:0 – 53 Mane, 4:0 – 88 Starrij.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Keyta, Veynaldum, Milner, Mane (Shakiri, 82), Saloh (Starrij, 87), Firmino (Henderson, 69).
Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Ogbonna, Masuaku, Rays (Snodgrass, 46), Antonio, Nobl, Felipe Anderson (Ernandes, 62), Uilsher, Arnautovich (Yarmolenko, 67), Frederiks.
Ogohlantirishlar: Aleksander-Arnold (21), Antonio (52), Balbuena (55).
Sauthempton – Bernli 0:0 (0:0, 0:0)
Sauthempton – Makkarti, Vestergor, Xudt, Bertran, Stivens, Armstrong (Ingz, 56), Romeu, Redmond, Lemina, Soaresh (Elyunussi, 56), Ostin (Gabbyadini, 72).
Bernli – Xart, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Kork, Vestvud, Xendrik (Barns, 76), Gudmundsson (Teylor, 87), Lennon, Vud (Vouks, 73).
Ogohlantirish: Kork (15).
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
22:07 / 16.08.2024