Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Artel» Toshkent shahar hokimligiga ba'zi bino va inshootlarni beg‘araz asosda topshirdi
«Artel engineering and management» MChJ Toshkent shahar hokimligiga Chilonzor tumanida joylashgan ba'zi bino va inshootlarni beg‘araz asosda topshirdi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Unga ko‘ra, «Artel engineering and management» MChJ ta'sischilarining Toshkent shahar hokimligiga Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy manzili bo‘yicha joylashgan bino va inshootlarni tutash hududi bilan birgalikda davlat mulki sifatida beg‘araz asosda topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
Manbalarning bildirishicha, ushbu binoda Toshkent shahar hokimligi ma'muriyati joylashtirilgan.
Toshkent shahar hokimligiga «Artel engineering and management» MChJ bilan birgalikda ikki oylik muddatda ushbu obektlarni qabul qilish - topshirishni ta'minlash vazifasi yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat raqobat qo‘mitasining bino va inshootlari Toshkent shahar hokimligiga berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025