Jamiyat | 18:42 / 18.08.2018
5323
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon IIB  132 ta notinch oila a'zolariga “Ibrat darsi” tashkil qildi

Foto: kun.uz

Andijon IIB tashabbusi bilan hududlarda janjalkash va nizoli oila hisobida turuvchi 132 nafar shaxslar hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 285 nafar yoshlarga tarbiyaviy ta'sir o‘tkazish maqsadida  ochiq muloqot o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati.

Muloqotda viloyat xalq ta'limi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi, “Mahalla”, “Nuroniy” va boshqa jamoatchilik tashkilotlari vakillari tomonidan oila-turmush munosabatlari, uyushmagan yoshlar  o‘rtasidagi jinoyatlar, ushbu jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan jazo choralari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning "Teatr bu - ibratxona" degan o‘lmas fikri bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.

Andijon shahridagi viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida yig‘ilganlar e'tiboriga to‘g‘ri  yo‘ldan adashib qotillikka qo‘l urgan ayrim kimsalarning, oilada arzimas sabab bilan jinoyatga yuz tutgan mudhish qotillik jinoyatlarni achchiq qismatlari teatrlashtirilgan sahna asari namoyish etildi.

           

Mavzuga oid