Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora olayotganida qo‘lga tushgan shaxs IIV xodimiga ham pora berishga urindi
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Tibbiy birlashma bo‘limi boshlig‘i Q.X o‘z xodimidan pora olish va IIB xodimiga pora berish jinoyatlarini sodir qilgani uchun qo‘lga olingan. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu yilning iyulida Q.X o‘z xizmat mavqesidan foydalangan holda, qo‘l ostidagi xodimi, hamshira Sh.B.dan 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda ushlangan edi. Shundan so‘ng, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Biroq, u IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i A.Ro‘zimovga murojaat qilib, agar jinoyat ishini o‘zining foydasiga hal qilib bersa, unga taklif qilingan 50 AQSh dollarini 10 barobari miqdorida pul berishini bildiradi. Shundan so‘ng, pora berishga uringan poraxo‘r shu kuni taklif qilgan pulining 400 AQSh dollarlik qismini bo‘linma boshlig‘iga berayotganida jinoyat ustida qo‘lga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan, shu kunning o‘zida unga nisbatan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025