Sport | 17:10 / 28.08.2018
9568
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Badiiy gimnastikada yana kumush medal. Qozog‘iston yanada ilgarilab ketdi

Bugun, 28 avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

O‘zbekiston nomidan badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik bahslarida qatnashgan Sabina Toshkenboyeva kumush medal sohibasiga aylandi. U 4ta chiqish bilan, umumiy 65.850 natija ko‘rsatdi. 1-o‘rin esa 66.800 natija qayd etgan qozog‘istonlik Alina Odilxonovaga nasib etdi. 3-o‘rinni xitoylik Yating Zao egalladi.

O‘zbekiston badiiy gimnastika jamoasining yana bir vakili Nurinisso Usmonova esa 65.400 ko‘rsatkich qayd etib, 4-bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, badiiy gimnastikachilar oltin medal uchun kurashda qozog‘istonlik sportchiga yutqazishi, Osiyo o‘yinlaridagi umumiy jadvalga ta'sir ko‘rsatdi va endi Qozog‘iston hisobidagi oltin medallar soni 8taga yetdi, O‘zbekiston esa 6 oltin medal bilan 11-o‘rinda, Qozog‘istondan keyin joylashgan.

27 avgust kuni ham badiiy gimnastika jamoasi jamoaviy bahslarda kumush medal bilan kifoyalangandi, birinchi o‘rinni esa Qozog‘iston o‘ziniki qilgandi. Natijada, Qozog‘iston medallar soni bo‘yicha O‘zbekistonni quvib o‘tib, 10-o‘ringa chiqib olgandi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 32ta (6ta oltin, 14ta kumush, 12ta bronza). Qozog‘iston esa 45ta medal jamg‘argan (8ta oltin, 8ta kumush va 29 bronza).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid